• 4-Fevral, 2025-yil 13:27

Rahbariyat bilan talaba-yoshlarning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

👍 Joriy yilning 3-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda rahbariyat bilan talaba-yoshlarning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

🎓 Mazkur tadbirda Tarix va filologiya fakulteti dekani J.Jabborov, Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari J.Egamberdiyev, Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri D.Xalikova, Marketing va amaliyotlarni tashkil etish sektori bosh mutaxassisi J.Raxmatov hamda professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚 Uchrashuv universitetning o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, talabalar uchun yangi imkoniyatlar, shuningdek, umumiy sharoitlar va ehtiyojlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, oʻqish va yashash sharoitlari, muvaffaqiyat va muammolari yuzasidan suhbatlashildi.

🔆 Ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Ulashish: