⚡️ Mazkur tadbir doirasida korxonamizga Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va Ko‘kdala tumani hokimi Xurram Djurayev tashrif buyurishdi. Hurmatli mehmonlarni zavod ta’sischisi Qodirali Mamataliyev hamda korxona direktori Anvar Axmedov tantanali tarzda kutib oldilar.
💠Tadbir davomida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov zavod ochilishining ramziy lenta kesish marosimida qatnashdilar va zavodning ishga tushirilishi munosabati bilan tashabbuskorlarni samimiy qutladi hamda ularning sa’y-harakatlarini e’tirof etdi. Shundan so‘ng viloyat hokimi korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud texnologik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
💠Tashrif chog‘ida Murotjon Azimov mazkur korxonaning tuman va viloyat iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan hissasi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati hamda sanoat salohiyatini oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorlikni oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
⛈ S Promax Plast Premium — zamonaviy ishlab chiqarish, barqaror rivojlanish va yuksak maqsadlar sari dadil qadam!
Uz
Ru
En