• 12-Mart, 2024-yil 9:13

"Sevimli o'zim" haqida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Kuni kecha Xalqaro innovatsion universiteti talabalari uchun universitet psixologi Muxlisa Rustamova  tomonidan Pedagogika-psixologiya yõnalishi talabalariga “Sevimli o'zim" mavzusida trening tashkil etildi. Treningning asosiy maqsadi, biz hayotda yashar ekanmiz doim nimadir yutuq yoki imkoniyatlar uchun yashaymiz. Buning uchun eng avval qiladigan ishimiz o'zimizni tarbiyalashdir. Ruhiy hotirjamlik, jismoniy salomatlik, moliyaviy erkinlik, shaxsiy munosabatlar treningda asosiy sanab o'tilgan jihatlar hisoblanadi. 

Inson õziga baho berishda doim "Men bunga loyiqman"deb harakat qilsa, har bir harakatda yutuqqa erishish mumkinligi  misollar orqali tushuntirildi.

Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.


Ulashish: