Buyuk bobokalonimiz turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi g’azal mulkining sultoni Alsher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoh va shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlarining 541 yilligi munosabati bilan ,,Sharqning ikki buyuk dahosi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.P.Rajabova ochib berdi va o'z nutqida ajdodlarimizning ma'naviy- ijodiy meroslari haqida to'lqinlanib so'zladi. Tadbirda QarshiDU professori, Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, f.f.d. N.Shodmonov "Sharqning ikki buyuk dahosi" tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhimligi haqida ta'kidlab o'tdi.
Universitetimiz talabalari ijrosida yangragan ruboiy, tuyuq, fard hamda sahna ko'rinishlari-yu, kuy-qo'shiqlar barchasi shu ikki buyuk dahomizni tarannum etdi va bobolarimiz ijodi yosh avlodga dasturi amal bo'ldi. Tadbir talabalar qalbidan o'rin oldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Tadbirda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda talabalar faol ishtirok etdi.