🔆 Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-16-son farmoni haqida” 67-4-0-Q/25-sonli qarorining 5-bandida belgilangan 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ruyobga chiqarish uchun shart sharoitlarni yaratish borasida: aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda Soģlom turmush markazi xalqaro toifadagi konsultanti G.Mamatqulova bilan Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi hamkorlikda "Sog‘lom inson-sog‘lom millat g‘oyasini” umummilliy harakatga aylantiramiz shiori ostida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom ovqatlanish va sog'lom turmush tarzi tadbirlari o'tkazildi.
🔆 Tadbirda universitet professor-o'qituvchilari va talabalaridan ko'ngilli xotin-qizlar ishtirok etdilar. Tadbirdan ko'zlangan maqsadga erishildi.
🔆 “Sog‘lom inson-sog‘lom millat g‘oyasini” umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev