• 30-Yanvar, 2024-yil 14:20

Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, ma’naviy kamolotga yo‘naltirish maqsadida drama teatrga sayohat uyushtirildi

Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, ma’naviy kamolotga yo‘naltirish  maqsadida  professor Nafas Shodmonov ijodiga mansub "Abu Muin Nasafiy” tarixiy  dramasi, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl talaba yoshlarga namoyish etildi, barcha rollarni viloyat musiqali drama teatri aktyorlari mahorat bilan ijro etdilar. 
Teatrning ibrat maktabi ekanligi ham shunda. Spektakl asnosida asosiy tomoshabinlar  Xalqaro innovatsion universiteti  talabalari, Nasafiy taʼlimoti, hayoti, tarixiy davr ziddiyatlari haqida koʻp va xoʻb maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Tomosha barchada oʻzgacha taassurot qoldirdi


Ulashish: