• 14-Noyabr, 2024-yil 10:52

“TALABA YUGUR!” ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi.

🇺🇿 Xabar berganimizdek, bugun, 12-noyabr kuni, Qarshi shahrida talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari, shuningdek, professor-o‘qituvchilari ishtirokida “TALABA YUGUR!” ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi.

👍 Xalqaro innovatsion universitetning 50 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari musobaqada faol ishtirok etdi. 

🏫 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori UzInfoCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tomonidan talaba-yoshlarni sog'lom hayotga targ'ib qilish, ulаrni doimiy sport bilan shug'ullanishi uchun o’tkazildi.


Ulashish: