Qashqadaryo viloyati hokimi M.B.Azimov tomonidan 2025-yil 13-yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-dekabrdagi 50-sonli yig‘ilish bayoni 12-bandiga asosan aholini teatrlarga tizimli tashriflarini yo‘lga qo‘yish maqsadida har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb belgilash va viloyat bohqarmalari, tashkilot va idoralarning mehnat jamoalari hamda ularning oila azolari, talabalarning viloyat musiqali drama teatri spektakl tomoshalariga jalb qilish bo‘yicha Qashqadaryo viloyat hokimining 2025-yil 13-yanvardagi reja-jadvali” ijrosini ta'minlash yuzasidan, joriy yilning 28-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet talabalari Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.
👍 Talabalar bunday madaniy tadbirda ishtirok etib, san'atning nozik jihatlarini yanada chuqurroq anglash imkoniga ega bo'lishdi. Spektakl ularni o'zaro hamkorlik, ijodkorlik va tafakkurga yanada ilhomlantirdi.