• 2-Mart, 2025-yil 8:46

Talabalar hayoti diqqat markazida: ijara uyda yashovchi talabalar holidan xabar olindi

🎓 Joriy yilning 25-26-fevral sanalarida Xalqaro innovatsion universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Kurbonova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi M.Rajabova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha Tarix va filologiya fakulteti dekan maslahatchisi N.Xamidova, FI:23-05 hamda 23-06-guruh murabbiyi Sh.Qurbonovalar birgalikda Roguzar mahallasi Beruniy ko'chasi 49-uyda ijarada turuvchi FI23-06-guruh talabasi D.Jumanazarova, 3-kurs FI22-04guruh talabalari G.Yo'ldosheva, N.Qurbonova hamda Fidoyilar ko'chasi 6-uyda ijarada turuvchi FI23-06-guruh talabasi S.Uzoqova, FI22-02-guruh talabasi J.Saidovalarning  ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi. 

📚 Talaba qizlar bilan suhbat tashkil etilib, ijara xonadonlar sharoiti o'rganildi. Suhbat davomida yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, tabiiy gaz va elektr asboblaridan to'g'ri foydalanish tushuntirildi. Shuningdek, talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari xususida ijara xonadon egalari bilan ham suhbatlar olib borildi.


Ulashish: