• 25-Yanvar, 2025-yil 9:34

Talabalar ishtirokida teatrga sayohat tashkil qilindi

🎓 Joriy уilning 22-yanvar kuni Xalqaro innovatsion universitet "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi Z.Shonazarov  tashabbusi bilan o'ziga biriktirilgan quruh talabalari ishtirokida Qashqadaryo viloyat Qo'g'irchoq teatriga sayohat uyushtirildi. 

📚 Sayohat davomida talabalar teatrning san'ati va madaniyatdagi o'rni haqida suhbatlashib, o'z fikrlarini bildirishdi, shu bilan birga, teatrda ishlayotgan ijodkorlar bilan muloqot qilish orqali san'at sohasidagi ilmiy va amaliy bilimlarini boyitdilar.


Ulashish: