• 2-Mart, 2025-yil 8:33

Talabalar kino kunlari doirasida “Ogahiy” kinofilmi namoyishi!

👍 Joriy yilning 25-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ogahiy” kinofilmi namoyish etildi.

📹 Film orqali talabalarda Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr-oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik hamda Vatan taraqqiyotiga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsad qilindi.

🎞 Tadbir davomida yoshlar film mazmuni va undagi chuqur hayotiy ma’naviy g‘oyalar bilan yaqindan tanishib, ulardan ibrat oldilar.


Ulashish: