• 14-Fevral, 2025-yil 11:04

Talabalar kino kunlari doirasida “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yoʻlbars izidan” kinofilmi namoyishi!

👍 Joriy yilning 11-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet "Talabalar turar joyi"da talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yoʻlbars izidan” kinofilmi namoyish etildi.

📹 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan namoyish etilgan film orqali talabalarda Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr-oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik hamda Vatan taraqqiyotiga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsad qilindi. 

🎞 Tadbir davomida yoshlar film mazmuni va undagi chuqur hayotiy ma’naviy g‘oyalar bilan yaqindan tanishib, ulardan ibrat oldilar.


Ulashish: