🔸 Xabar berganimizdek, Kuni kecha Xalqaro innovatsion universitet "Talabalar shaharchasi"da "Yoshlar oqshomi" konsert dasturi tashkillashtirildi
🔹 Tadbir davomida esselar tanlovi g‘oliblari hamda Dekan kubogi musobaqasi g'oliblari diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
🔸 Yoshlar oqshomi kechasi davomida talaba-yoshlar uchun ko‘ngilochar konsert dasturi ham yuqori saviyada tashkil etildi. Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligidagi konsert dasturi talabalar uchun chinakamiga bayramona dastur sifatida e’tirof etildi.
🔹 Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan “Yoshlar oqshomi” talabalar uchun yorqin hissiyotlar va unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Ulashish: