• 14-Fevral, 2025-yil 10:32

Talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.

😄 Joriy yilning 7-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi. 

📖 Tadbir davomida talaba-yoshlar Navoiyning boy adabiy merosi, uning insonparvarlik g‘oyalari va o‘zbek tilining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qiziqarli fikrlar almashdilar.  

😄 Suhbat davomida Navoiy asarlarining bugungi kun yoshlariga ta’siri, ularning ma’naviy yuksalishdagi ahamiyati ham muhokama qilindi. Talabalar buyuk shoirning hikmatli so‘zlari va g‘azallaridan namunalar o‘qib, uning ijodiga bo‘lgan hurmat va e’tiborini namoyon etdilar.  

📖 Tadbir ishtirokchilarga milliy madaniyat va adabiyotimizning buyuk namoyandalarini chuqurroq o‘rganish, ularning merosidan ilhom olish imkonini berdi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodning ma’naviy kamoloti va adabiy savodxonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.


Ulashish: