👍 Joriy yilning 12-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida "Erta turmushni oldini olish va qarindosh urugʻ oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
🎓 Tadbirda universitet hamshirasi G.Shodmonova, Xorijiy filologiya kafedrasi o'qituvchisi U.Buriyeva hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
📚 Ushbu tadbirda yoshlarning oilaviy hayotga oid muhim masalalar haqida tushuncha olishlari va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda ishtirokchilar turli savollar berib, o'z fikrlarini bildirishdi, shu bilan birga, erta turmush qurishning yoshlarning ta'limi va kelajagi uchun qanday ta'sir ko'rsatishi haqida muhokama olib borishdi.
Ulashish: