• 29-Fevral, 2024-yil 16:00

Talabalar turar joyida "Кitobxon qiz" tanlovi o'tkazildi

liy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgust sanasidagi “Talaba va yoshlarning  bo'sh  vaqtini  mazmunli tashkil  etish tadbirlarini  tashkil  etish  to'g'risida”gi 351-sonli buyrug‘ining 2023/2024 o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasidagi 44-bandiga asosan talaba qizlar davrasida "Кitobxon qiz" tanlovi o'tkazildi.  2024-yil 28-fevral kuni talabalar turar joyida  tashkil etilgan "Kitobxon qiz" tanlovi ishtirokchilari 3 tа kitob: .                                                                            1.O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi".                                                                                                 2.Malala Yusufzoyning "Меn Маlаlаmаn"                                                                         3.Omina Shenliko‘g‘lining "Imomning mаnikеn qizi" аsarlari yuzasidan tayyorlangan shartlar asosida bellashdilar.Tadbirda Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan shoira she’rlaridan namunalar oʻqildi.  Tadbirni Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchilari olib bordi. Tanlovda 

🥇1-o'ringa Iqtisodiyot yo'nalishi 23-02 K guruh talabasi Jo'rayeva Gulruh 

🥈2-o'ringa Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi 22-01K guruh talabasi Xushiyeva Nargiza

🥉3-o'ringa Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 23-01 K guruh talabasi Tursunboyeva Rohila loyiq deb topildi.G'olib bo'lgan talaba qizlar kitoblar bilan taqdirlandi.


Ulashish: