Xalqaro innovatsion universitet "Talabalar turar joyi"da "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi O.Qaxxarova tashabbusi ostida tashkil etilgan “Pazanda qiz — oila ko‘rki” mavzusida pazandachilik tadbiri o‘tkazildi.
📚 Ushbu tadbir, nafaqat yoshlarni pazandachilik san'ati bilan tanishtirish, balki ularni o'z salomatliklarini saqlash, oilaviy qadriyatlarni kuchaytirish va ijtimoiy faollikni oshirishga undash maqsadida o'tkazilgan muhim tadbirlardan biri bo'ldi.
🎓 Tadbirda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarga tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Bu, ularning tadbirga qo‘shgan hissasi, pazandachilik san'atiga bo‘lgan yuksak qiziqish va iste'dodini baholashning bir usulidir.
Ulashish: