Joriy yilning 2-dekabr kuni Xalqaro innovatsion universitetning "Talabalar turar joyi"da Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Qurbonovaning bevosita tashabbusi ostida tashkil etilgan “Pazanda qiz — oila ko‘rki” mavzusida pazandachilik tadbiri o‘tkazildi
📚 Ushbu tadbir, nafaqat yoshlarni pazandachilik san'ati bilan tanishtirish, balki ularni o'z salomatliklarini saqlash, oilaviy qadriyatlarni kuchaytirish va ijtimoiy faollikni oshirishga undash maqsadida o'tkazilgan muhim tadbirlardan biri bo'ldi.
🎓 Tadbirda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarga tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Bu, ularning tadbirga qo‘shgan hissasi, pazandachilik san'atiga bo‘lgan yuksak qiziqish va iste'dodini baholashning bir usulidir.
Ulashish: