Xalqaro innovatsion universitetda "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida “Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar, Kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir oʻtkazildi.
🚓 Tadbirda Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG katta teskor vakillari kapitan M.Kamolov, katta-leytenant D.Olimov mehmon sifatida ishtirok etib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi.
✅ Tadbir yakunida talaba-yoshlarga turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet olamidagi maʼlumot va axborotlardan toʻgʻri foydalanish hamda teroristik guruhlar aldoviga uchmaslik kabi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma'ruzachi tomonidan atroflicha javob olishdi.