Xalqaro innovatsion universitetda "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir oʻtkazildi
🚓 Tadbirda Qarshi shahar 4-sonli ichki ishlar bo'limi profilaktika inspektori M.Tursunov mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi.
✅ Tadbir yakunida talaba-yoshlarga turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet olamidagi maʼlumot va axborotlardan toʻgʻri foydalanish hamda teroristik guruhlar aldoviga uchmaslik kabi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma'ruzachi tomonidan atroflicha javob olishdi.