Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.
Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:
- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.
Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.