Xalqaro innovatsion universitet "Talablar turar joyi"da O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda "Pedagogika va iqtisodiyot" fakulteti dekani F.Saidov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i A.Musurmonov, Yoshlar ittifoqi yetakchisi F.Pirmatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zining ijodiy chiqishlari bilan Vatan himoyasiga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va muhabbatni namoyon etdilar. Vatanparvarlik mavzusidagi qo‘shiqlar, musiqiy raqslar va she’rlar orqali talaba-yoshlar armiyaning yuksak maqsadlariga, uning xalqimiz uchun tutgan o‘rniga bo‘lgan chuqur hurmatlarini ifoda etishdi.
Bunday chiqishlar va ijodiy dasturlar orqali, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, ularga harbiy xizmatning ulug‘vorligini tushuntirish, va shu bilan birga, O‘zbekiston armiyasining yuksalishiga qo‘shilgan hissalarni qadrlash muhim bir vazifadir.