• 21-Yanvar, 2025-yil 8:20

Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik

Xalqaro innovatsion universitetining "Tarix va filologiya" fakulteti talabalarining ota-onalari ishtirokida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. 

🎓 Tadbirlarda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova, "Tarix va filologiya" fakulteti dekani J.Jabborov, "Xorijiy filologiya" kafedrasi mudiri D.Xoliqova va ota-onalarning fikr-mulohazalari eshitildi.

📚 Muloqotda mas'ullar tomonidan talabalar uchun oliy ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashaydigan talabalar bilan uzviy aloqa hamda  xavfsiz hudud – xavfsiz talaba tamoyili doirasida universitetda olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi.

✔️ Yig‘ilishda, shuningdek, ota-onalar oliy ta’lim sohasidagi yangilik, o‘zgarish va imtiyozlardan boxabar qilindi. Faol talabalarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


Ulashish: