• 2-Mart, 2025-yil 9:07

Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

🎓 Joriy yilning 1-mart kuni Xalqaro innovatsion universitet Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professor-o'qituvchilari Qarshi shahar 29-sonli maktabda targ'ibot tadbirlarini o'tkazdi.

📚 Uchrashuvda universitetimiz tarixi, mavjud ta'lim yo'nalishlari hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorligi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanishi to'g'risida ma'lumotlar berib, maktab bitiruvchilariga 2025-2026-o'quv yili qabuli uchun hujjat topshirish bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlari olib bordi. 


Ulashish: