🎓 Xalqaro innovatsion universiteti Tarix va filologiya fakulteti Dilshoda Norsubxonova Butunrossiya olimpiadasi "Ingliz tilining tarixi va maxsus filologiyaga kirish" yo'nalishida ishtirok etib, "Olimpiadalar Dunyosi" masofaviy olimpiadalar va tanlovlar portali orqali o'tkazilgan tanlovda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
➡️ Shuningdek, ilmiy rahbari N.Qurbonova Norsubxonova Dilshodaning ilmiy izlanishlarida ko'rsatgan beqiyos yordamlari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
✔️ Bu muvaffaqiyat Xalqaro innovatsion universitet talabalarining ilmiy izlanishlari, innovatsion fikrlashi va kelajak ilm-faniga qo‘shayotgan hissasining yorqin namunasidir.
Ulashish: