• 24-Yanvar, 2025-yil 11:45

Tarix va filologiya" fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi.

Xalqaro innovatsion universitet "Tarix va filologiya" fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 

⚔️Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova barchani bayram bilan qutlar ekan, Vatan barchamiz uchun muqaddas tushuncha ekanligini, unga xizmat qilish barchamiz uchun sharaf ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

⚔️ Tadbir davomida "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolariga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi. Ishonch bilan ayta olamizki “Qalqon” guruhi talaba-yoshlar uchun chinakam ibrat namunasi bo'la oladi.

⚔️Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashish maqsadida milliy raqslar, Vatanni madh etuvchi she’r va kuy-qo‘shiqlar hamda samimiy tabriklar taqdim etildi.


Ulashish: