• 25-Oktabr, 2023-yil 11:14

“Til bilimdonlari” shiori ostida ommaviy intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

Joriy yilning 18-20-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-oktyabrdagi 3/15-179-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 21-oktyabr tilimizga “Davlat tili” maqomi berilganligining 34-yilligi munosabati bilan Xalqaro innovatsion universitetida tahsil olayotgan talaba yoshlar o‘rtasida   “Til bilimdonlari” shiori ostida ommaviy diktantlar tanlovi hamda intellektual o‘yinlar tashkil etildi. Universitetdagi talabalardan 7 ta guruh shakllantirildi va ular o'zaro bellashishdilar. 
      Jamoalarga berilgan til haqidagi savollarga javob berish barobarida jamoaviy birdamlik, topqirlik, epchillik bilan birga ona tilimizni bilish darajalarini ham aniqlab olishga erishdik. 
G‘oliblikni  Jayhun jamoasi qo'lga kiritdi! Ushbu jamoalarga yana o'z bilimlarini bilim tarozisida tortib, doimiy kamollikka erishishini tilab qolamiz!


Ulashish: