Xalqaro innovatsion universitetda Turon fanlar akademiyasi akademik unvonini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova ochib berdi va o'z nutqida, ilm-fan va ta'lim sohasida innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashning ahamiyatiga to'xtalib, ilmiy yutuqlarga erishgan professorlar va ilmiy xodimlarning mehnatini qadrlash zarurligini ta'kidladi.
✅ Tadbirda Turon Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti A.Xudoyberdi, akademiya a'zolari X.Qodirov, I.Arslon, N.Umarov hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.
🎖 Tadbir davomida Xalqaro innovatsion universitet rektori A.Mallayev hamda O'zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi dotsenti Sh.Qorayevga Turon fanlar akademiyasi akademik unvoni topshirildi. Ushbu unvon, ularning ilmiy-tadqiqot ishlari va o'z sohalarida erishgan yutuqlari uchun taqdim etildi.
👍 A.Mallayevni hamda Sh.Qorayevni Xalqaro innovatsion universitet jamoasi nomidan ushbu unvon bilan chin dildan tabriklaymiz va yangi yutuqlar, bardavom ilmiy izlanishlar hamda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.