• 10-Oktabr, 2023-yil 12:36

Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

     O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining   2023-yil 29-sentyabrdagi 3/15-2/5-86-sonli xati ijrosi yuzasidan Xalqaro innovatsion universitetda “Keksalar-oila chirog‘i” mavzusida tarbiyaviy soat darslari

 hamda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlarida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamda “Anhor” MFYda nafaqaga chiqqan keksa akademiklar, professorlar va faxriy o‘qituvchilar taklif qilindilar. Tashrif davomida faxriy keksalarimiz, universitetimizda faoliyat olib borayotgan faxriy professor-o‘qituvchilarimiz hamda uchinchi avlod hisoblanmish talaba yoshlar o‘zaro hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Keksalar-oila chirog‘i” mavzusida tarbiyaviy soat darslari talabalarda katta taassurot qoldirdi, keksa faxriylarimizning hayot yo‘llarini tinglash barobarida yoshlar o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarib oldilar.

  Tadbir ishtirokchilari universitet hovlisiga uch avlod birgalikda ezgulik daraxtlarini ekdilar. 

    Bugungi uchrashuv – avlodlar orasidagi oltin zanjir, Vatan ravnaqi va xalq manfaati yo‘lidagi birlik, ezgu maqsadlar sari hamkorlik va jipslikdagi harakat, muborak diydor sifatida qalblarga muhrlandi.


Ulashish: