• 24-Yanvar, 2025-yil 16:09

Universiada-2024 sport musobaqalarining "Milliy kurash" bo'yicha viloyat bosqichida 1️⃣- o'rinni qo'lga kiritdi

🥇 Xalqaro innovatsion universitet talabasi “Universiada-2024” sport musobaqalarining "Milliy kurash" bo'yicha viloyat bosqichida 1️⃣- o'rinni qo'lga kiritdi

🥋 Joriy yilning 16-yanvar kuni Qarshi davlat universitetida Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada-2024” sport musobaqalarining kurash bo'yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

👍 Keskin va shiddatli kurashlar ostida bellashuvlarda Xalqaro innovatsion universitet "Pedagogika va iqtisodiyot" fakulteti talabasi Xayitova Fayoza -87kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib,  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🏆 G'oliblar va barcha ishtirokchilarga kelajakda yanada katta yutuqlarni tilab qolamiz! Ma’lumot o‘rnida, g‘oliblar joriy yilning 11-14-fevral kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning respublika final bosqichida ishtirok etishadi.


Ulashish: