🥇 Xalqaro innovatsion universitet jamoasi “Universiada” sport musobaqalarining "Voleybol" bo'yicha viloyat bosqichida I-o'rinni qo'lga kiritdi
🏐 Joriy yilning 9-yanvar kuni Qarshi Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada” sport musobaqalarining "Voleybol" bo'yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
👍 Keskin va shiddatli kurashlar ostida bellashuvlarda Xalqaro innovatsion universitet jamoasi(o'g'il bolalar) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🏆 G'oliblar va barcha ishtirokchilarga kelajakda yanada katta yutuqlarni tilab qolamiz! Bu kabi musobaqalar nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham o'zgarishlarga olib kelib, sportni yanada keng tarqatishga yordam beradi.
Uz
Ru
En