• 14-Fevral, 2025-yil 10:12

Universitet rahbariyat va talaba-yoshlar uchrashuvi

🏛 Joriy yilning 7-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitetda rahbariyat bilan talaba-yoshlarning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

💼 Mazkur tadbirda Pedagogika va iqtisodiyot fakulteti dekani F.Saidov, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi F.Pirmatov hamda professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚 Uchrashuv universitetning o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, talabalar uchun yangi imkoniyatlar, shuningdek, umumiy sharoitlar va ehtiyojlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, oʻqish va yashash sharoitlari, muvaffaqiyat va muammolari yuzasidan suhbatlashildi.

➡️ Ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Ulashish: