• 14-Fevral, 2025-yil 10:50

Universitet rahbariyat va talaba-yoshlar uchrashuvi

🏛 Joriy yilning 10-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida universitet rahbariyati bilan talaba-yoshlarning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💼 Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshlig'i A.Musurmonov, Talabalar turar joyi mudiri U.Eshdavlatov hamda tarbiyachi-pedagog Z.Ruziyeva va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

📚 Uchrashuv universitetning o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, talabalar uchun yangi imkoniyatlar, shuningdek, umumiy sharoitlar va ehtiyojlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, oʻqish va yashash sharoitlari, muvaffaqiyat va muammolari yuzasidan suhbatlashildi.

➡️ Ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Ulashish: