🏛 Joriy yilning 17-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida universitet rahbariyati bilan talaba-yoshlarning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
💼 Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor F.Rajabova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Mamatqulov, Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari G'.Safarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
📚 Uchrashuv universitetning o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, talabalar uchun yangi imkoniyatlar, shuningdek, umumiy sharoitlar va ehtiyojlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, oʻqish va yashash sharoitlari, muvaffaqiyat va muammolari yuzasidan suhbatlashildi.
➡️ Ochiq va erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.