2024-yilning 26-fevral kuni Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi O.Qahhorova, husnixat fani o'qituvchisi M.To'qliyevalar tashabbusi bilan Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari o'rtasida "Ilm saodat kaliti", "Ilmga intiling, ilmni qadrlang" mavzularida insholar tanlovi bo'lib o'tdi. "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi 23-04- guruh talabalari S.Qarshiyeva, K.Navbatova, 23-05-guruh talabalari Sh.Botirova, X.Amirova hamda 23-06-guruh talabalari R.Qahramonova, G.Ergashevalar yozgan insholar eng yaxshi deb topildi. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ulashish: