• 22-Yanvar, 2024-yil 16:02

Universitetimizda ''Moda va rassomchlik” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan  Nazorat rejasi ishlab chiqilgan,  ushbu Nazorat rejaning 29 bandi oliy ta’lim  muassasalarida Modalar va rassomchilik ko‘rgazmasini tashkil etish vazifalari belgilangan. Shu munosabat bilan universitetimizda ''Moda va rassomchlik” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan eskizlar, milliy va zamonaviy liboslar hamda peyzaj janrida mo'yqalam yordamida chizilgan rassomchilik asarlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan badiiy ko'rgazmada ishtirok etgan talabalarga kelajakdagi ijodiy yo'llarida omad tilandi. Iqtidorli yoshlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.


Ulashish: