• 2-Mart, 2025-yil 9:06

Vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi!

💐 Joriy yilning 28-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet Talabalar turar joyida Pedagogika va iqtisodiyot fakulteti yoshlar yetakchisi S.G'ulomova tashabbusi bilan Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Tadbir davomida talabalar tomonidan shoira ijodi asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, Zulfiyaxonim hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shoiraning bahor va muhabbat ruhini tarannum etuvchi she’rlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🌿 Mazkur tadbir talaba-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Zulfiyaxonim merosini keng targ‘ib etish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etishiga xizmat qildi.


Ulashish: