• 24-Yanvar, 2025-yil 11:52

🥇Xabaringiz bor Xalqaro innovatsion universitet jamoasi(o'g'il bolalar) “Universiada”

🥇Xabaringiz bor,  Xalqaro innovatsion universitet jamoasi(o'g'il bolalar) “Universiada” sport musobaqalarining "Voleybol" bo'yicha viloyat bosqichida 1-o'rinni egallab, respublika final bosqichida yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. 

✅Ertaga, 15-yanvar kuni Buxoro shahrida "Universiada" musobaqasining respublika final bosqichi bo'lib o'tadi. 

👍 Bugun esa, musobaqaga tayyorgarlikning bir qismi sifatida, Xalqaro innovatsion universitet jamoasi Buxoroning tarixiy joylaridan biri bo'lgan Bahouddin Naqshbandiy maqbarasiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida ular maqbaraning tarixi, uning diniy va madaniy ahamiyati haqida ma'lumot olishdi.

✅ Jamoa a'zolari bu sayohatni nafaqat bilimlarini oshirish, balki motivatsiya va ilhom olish maqsadida amalga oshirdilar.

👍 Xalqaro innovatsion universitet jamoasiga respublika bosqichida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Omad yor bo'lsin!


Ulashish: