• 31-Yanvar, 2025-yil 15:39

Xalqaro Hamkorlik: Yangi Ufqlar sari!

🌍 Xalqaro Hamkorlik: Yangi Ufqlar sari! 🚀

Bugun Xalqaro Innovatsion Universitet va Ispaniyaning yetakchi banklari o‘rtasida onlayn biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Natijada yirik hamkorlik kelishuvlariga erishildi!

✅ Toshkentda yangi tibbiyot yo‘nalishlari va tibbiy klinikalar ochiladi – Ispaniyaning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda innovatsion tibbiyot sohasida yangi markazlar tashkil etiladi.

✅ 30 mln $ dan ortiq hamkorlik kelishuvi imzolandi! – Xalqaro Innovatsion Universitet va Surxon Plas Decor MCHJ qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ta’lim sohasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

✅ Katta kengayish rejalashtirilmoqda – Universitet va ishlab chiqarish zavodlari Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkentda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tarmoqli biznes sifatida rivojlantiriladi.

💡 Yana bir muhim yangilik: Fevral oyida Ispaniyada o‘tadigan Xalqaro Investorlar Konferensiyasida Xalqaro Innovatsion Universitet hamda Surxon Plas Decor kompaniyasi rasmiy mehmon sifatida ishtirok etadi! Bu esa yangi hamkorlik eshiklarini ochish va xalqaro investitsiyalarni jalb etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🔥 Innovatsiya va taraqqiyot sari qo‘yilgan dadil qadamlar bizni yangi cho‘qqilarga olib chiqadi!


Ulashish: