• 5-Iyul, 2025-yil 18:35

Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim tashrif

🎓 Xalqaro innovatsion universitet Xalqaro hamkorlik, ilmiy va innovatsiyalar bo'yicha prorektor S.Nigmatjonov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i A.Mamatqulovlar Qozog‘iston Respublikasining Olmota shahrida joylashgan, jahon reytingida TOP-200 talikka kiruvchi nufuzli Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetiga tashrif buyurishdi. 

📝 Tashrif davomida har ikki universitet faoliyati va xalqaro hamkorlik aloqalari to'g'risida muzokaralar olib borilib, talabalar almashinuvi, professor-o'qituvchilarning malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kelishib olindi.

✅ Bu kabi hamkorlik aloqalari universitetimizning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!


Ulashish: