👍 Joriy yilning 20-oktabr kuni Xalqaro innovatsion universitetda Turkiya Respublikasining "Otaturk" universiteti qoshidagi "Turkshunoslik" tadqiqotlari instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor "Huseyin Baydemir" hamda "Reyhan Karkinli"lar universitet talaba-yoshlari bilan seminar mashg'ulotlarini olib bordilar. Seminar mashg'ulotida talaba-yoshlarga turkiy tillar, rivojlanish tarixi, ular o'rtasidagi mushtarak hamkorlik haqida yetarlicha ma’lumotlar berildi.
🔺Bu kabi hamkorlik aloqalari universitetimizning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!
Ulashish: