• 27-Oktabr, 2023-yil 16:56

Xalqaro innavatsion universitetda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan “Ona tili - millat ruhi” deb nomlangan ma‘naviy-ma‘rifiy, adabiy tadbir bo'lib o'tdi.

2023-yilning 25-oktabr kuni Xalqaro innavatsion universitetda 
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 34 yilligi munosabati bilan “Ona tili - millat ruhi” deb nomlangan ma‘naviy-ma‘rifiy, adabiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda, o'zbek tilining jahon tillari orasidagi mavqei, yaratilgan asarlarning ko'p va tilimiz boyligiga qo'shgan ulkan hissasi, hamda bugungi kun yoshlari orasida til shaklari, so’z qo’llash bilan bog’liq bir qancha muammolar va uni bartaraf etish yo‘llari haqida talabalarga tushunchalar berildi.
Tadbir dasturi davomida universitet talabalari ishtirokida tilimizni go'zal, betakrorligini madh etuvchi she'r va go'zal, kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Buyuk siymolar timsolida til to'g'risidagi hikmatli so'zlar, sahna ko'rinishi tadbir ko'rkiga yanada ko'rk qo'shdi. Bir so'z bilan aytganda tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.


Ulashish: