🔥 Ma’lumki, joriy yilning 10-13-dekabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Qarshi shahrida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.
🏫 Mazkur tadbir davomida vazirlik Axborot xizmati bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatib, matnli, foto va video materiallarni tayyorlash, intervyular tashkil etish, ularni ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning rasmiy manbalarida yuqori saviyada yoritishda oʻz hissasini qoʻshganligi uchun Xalqaro innovatsion universitet Matbuot kotibi A.Uralov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan imzolangan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Ulashish: