Xalqaro innovatsion universitet "Talaba qizlar koordinatori" D.Norsubxonova tomonidan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Munozara" intellektual o'yini o'tkazildi
📚 "Munozara" intellektual o'yini ishtirokchilarga o'z fikrlarini aniq va lo'nda ifodalashga, shuningdek, qarama-qarshi fikrlarni hurmat bilan tinglashga o'rgatadi. Tadbir davomida ishtirokchilar o'z bilimlarini sinab, bir-birlarining fikrlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
✅ O'yin maqsadi talaba-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, fikr almashish va muammolarni mantiqiy tarzda hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish edi.
Ulashish: