• 2-Mart, 2025-yil 8:55

Xalqaro innovatsion universitet talaba-yoshlari muzeyga sayohat qilishdi

📖 Joriy yilning 26-fevral kuni Xalqaro innovatsion universitet O'zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi o'qituvchisi N.Xamidova tashabbusi bilan talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi. 

📖 Sayohat davomida talabalar muzey eksponatlari bilan tanishib, Qashqadaryo viloyatining boy tarixi, madaniy merosi va qadimiy an’analari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey xodimlari tomonidan tarixiy yodgorliklar, buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi, shuningdek, viloyatning madaniy rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ulashish: