• 18-Mart, 2025-yil 10:01

Xalqaro innovatsion universitet talaba-yoshlari muzeyga sayohat qilishdi

📖 Joriy yilning 6-mart kuni Xalqaro innovatsion universitet Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Sh.Sharifov tashabbusi bilan talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Qashqadaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi. 

📖Sayohat davomida talabalar muzey eksponatlari bilan tanishib, Qashqadaryo viloyatining boy tarixi, madaniy merosi va qadimiy an’analari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey xodimlari tomonidan tarixiy yodgorliklar, buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi, shuningdek, viloyatning madaniy rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ulashish: