• 13-Yanvar, 2025-yil 9:56

Xalqaro innovatsion universitet "Talabalar turar joyi" A-blokda universitet rahbariyati bilan talaba-yoshlar o'rtasida navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

Xalqaro innovatsion universitet "Talabalar turar joyi" A-blokda universitet rahbariyati bilan talaba-yoshlar o'rtasida navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi

🔆 Uchrashuvda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Qurbonova va "Xorijiy filologiya" kafedrasi o'qituvchisi G.Meyliyeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. 

📚Suhbat jarayonida talabalarga bir qator muhim masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Jumladan, universitetning odob-axloq kodeksi va talabalar tomonidan xonalarni toza va ozoda saqlash talablariga alohida e’tibor qaratildi. 

📌 Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Har bir talaba bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Muloqot davomida talabalarga sharoitlarni yaxshilash, umumiy tartibni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Ulashish: