Xalqaro innovatsion universitet Iqtisodiyot va moliya kafedrasi o'qituvchisi O.Davronov o'ziga biriktirilgan guruh talabalar bilan Qarshi tumani Qovchin qishlogʻida joylashgan Abul Muin an-Nasafiy ziyoratgohiga bordilar.
📖 Sayohat davomida talabalar XI asrda qazilgan quduq, quduq yonidagi qadimiy kirish darvozaxonasi, qadimiy masjid hamda majmuada tashkil etilgan muzey, Abu Muin Nasafiyning qo‘lyozma asarlari hamda muzeyda saqlanayotgan Xitoy ipak qog‘oziga bitilgan noyob Qur’oni karim qo‘lyozmasi bilan yaqindan tanishdilar.
📖 Bu kabi tashriflar talaba-yoshlarni milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va sadoqat bilan tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Abul Muin an-Nasafiy ziyoratgohiga uyushtirilgan ushbu tashrif esa talabalarda yangi ilmiy qiziqishlar va ma'naviy yuksalishlarga turtki bo‘ldi.