👍 Xalqaro innovatsion universitet talabalari IT Parkga tashrif buyurishdi
💻 Joriy yilning 28-noyabr kuni talabalar IT parkning Qarshi shahar filialiga tashrif buyurib, mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🙂 Tashrif davomida talabalar IT Parkning innovatsion loyihalari, startaplar, shuningdek, texnologik echimlar va raqamli transformatsiya sohalaridagi ishlar bilan tanishdilar.
📚 Tashrifning asosiy maqsadi — talabalar uchun zamonaviy texnologiyalar va IT sanoatidagi so'nggi yangiliklar haqida ma'lumot berish, shuningdek, ular uchun karyera imkoniyatlarini ochish edi. IT Parkning rahbarlari va tajribali mutaxassislari talabalar bilan suhbatlashib, ularni kelajakda IT sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlar haqida o'rgatdilar.