• 15-Sentabr, 2025-yil 11:52

Xalqaro innovatsion universitet talabalari muzeyga sayohat qilishdi

Qatag'on qurbonlari xotirasini e'zozlash, xalq ozodligi yo'lida jon fido etgan ajdodlarimizni yod etish maqsadida, bugun, 12-sentyabr kuni Xalqaro innovatsion universitet Pedagogika fakulteti tyutori F.Umirov o'ziga biriktirilgan MsT25-01K guruh talabalari ishtirokida bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Qarshi shahrida joylashgan "Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi"ga sayohat tashkil etildi. 

Ekskursiya davomida talaba-yoshlar vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimizning faoliyati va merosi bilan yaqindan tanishishdi. 


Ulashish: